Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ozchilik musulmonlar muammolariga bag‘ishlangan xalqaro qurultoy o‘z ishini boshladi. Bu haqda “Muslimaat.uz” xabar bermoqda.
Qurultoyda 140 davlatdan 400 dan ziyod vakil qatnashib, o‘z mamlakatida ozchilikni tashkil qiluvchi musulmonlar duch kelayotgan muammolarni muhokama etilishi kutilmoqda.
Anjumanga doktor Ali Roshid Nuaymiy raislik qilishi hamda doktor Muhammad Bashariy rais noibi sifatida faoliyat olib borishi ma’lum qilingan.
Qurultoy tashkiliy qo‘mitasining rasmiy taklifiga binoan anjumanda O‘zbekistondan shayx hazratlarining qizi, “Muslimaat.uz” sayti rahbari Odinaxon Muhammad Yusuf qatnashmoqda.
Izoh (0)