AQShning Parklend shahridagi (Florida shtati) Marjory Stoneman Douglas maktabida 17 kishi otishma qurboni bo‘ldi. Bu haqda okrug sherifi Brouder Skott Israel ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: Global Look Press

“12 kishi maktabda, 3 kishi ko‘chada o‘ldirildi. Yana 2 kishi kasalxonada olamdan o‘tdi. Ular orasida o‘quvchilar ham, kattalar ham bor”, — dedi sherif.

Hujum uyushtirgan shaxs maktabda yong‘in signalizatsiyasini harakatga keltirgani, shundan so‘ng vahimada yugurib chiqqan odamlarga qarata avtomatik vintovkadan o‘q uzgani bildirilmoqda.

Sherif gumonlanuvchi 18 yoshli Nikolas Kruz ekanligi va hibsga olinganini tasdiqladi. Israelga ko‘ra, Kruz oldin shu maktabda o‘qigan, biroq intizomsizligi sababli haydalgan.