Meksikada jinoiy to‘da tomonidan o‘g‘irlab ketilgan ikki nafar AQSh fuqarosi ozod etildi, deb yozadi “RIA Novosti” Nuevo-Leon shtati prokuraturasiga tayanib.
Gap Monterrey shahrida yo‘qolib qolgan Texas fuqarolari haqida bormoqda. Ular ushbu hududga 17-fevral kuni yetib kelgan, ertasi kuniyoq qarindoshlari ular bilan aloqani yo‘qotgan.
Amerikaliklar o‘g‘irlashlarga qarshi kurash otryadining maxsus operatsiyalari natijasida qutqarildi, voqea joyida ularni o‘g‘irlab ketganlar qo‘lga olindi. Ozod etilgan AQSh fuqarolari o‘z vataniga yetkazildi.
Izoh (0)