2018-yilning 1-yanvaridan Polshada yettita yangi shahar paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Shahar maqomini olish aholi yashash punktlari uchun imijning o‘zgarishini anglatadi. Bu esa shaharlarga investitsiya jalb qilish nuqtai nazaridan sezilarli darajada foyda keltirishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Polsha hukumati mamlakatning turli hududlarida joylashgan Visla ustidagi Yuzefuv, Otin, Sanniki, Tulovitse, Vislitsa, Laguv va Radoshitse aholi yashash punktlariga shahar maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Mazkur yetti shahardan beshtasi qachonlardir shahar maqomiga ega bo‘lgan, biroq turli vaqtlarda mazkur maqomni qo‘ldan boy bergan edi.
Bugungi kunda Polshada 930 ta shahar bor.
Izoh (0)