Bangladeshda myanmalik qochoqlar lageri hududida Ahmad Qodirov nomidagi maktab paydo bo‘ldi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Mylistory’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi hududiy hokimiyat sayti.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, 348 nafar yetim bola darslarga qatnashni boshlagan, ta’lim oluvchilar sonini ming kishigacha yetkazish rejalashtirilmoqda. Boshlang‘ich bosqichda ularni o‘qish va yozishga o‘rgatishadi. “Ular, shuningdek, Muqaddas Qur’onni o‘qishni ham o‘rganadi”, — dedi Qodirov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, barcha o‘quvchilar kuniga ikki mahal ovqat va yagona maktab formasi bilan ta’minlanadi.
2017-yil avgustidan buyon Bangladeshga qariyb 630 ming qochoq rohinjalar yetib kelgan. Ular qo‘shni Myanmani o‘zlariga nisbatan amalga oshirilgan ommaviy zo‘ravonlik tufayli tark etgan.
Izoh (0)