Gruziyaning sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa viloyatining sobiq hokimi Mixail Saakashvili Ukraina fuqaroligidan mahrum qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ukraina davlat migratsiya xizmatining bayonotiga ko‘ra, bunga asos bo‘lib Saakashvili tomonidan pasport olishda yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilgani ko‘rsatildi.
Jumladan, 2015-yili Saakashvili anketada Ukraina yoki boshqa davlatda tergov yoki sud ta’qibi ostida emasligini yozgan. Ammo o‘sha payti u Gruziyada sirtdan hibsga hukm qilingan edi.
2015-yil dekabrida Saakashvili Gruziya fuqaroligidan mahrum qilingan edi. U Ukraina fuqaroligini qabul qilgani bunga asos bo‘lgan edi. Ayni paytda unda biror davlat fuqaroligi bor yoki yo‘qligi ma’lum emas.
Muqaddam u AQShda o‘n yil yashash va ishlash huquqini beruvchi vizaga ega ekanligini bildirgan edi. Bundan tashqari, Saakashvilining rafiqasi Sandra Rulofs Niderlandiya fuqarosidir.
Izoh (0)