Venesuela shimoli-sharqidagi Kukuta shahrida 26 ming kishi Kolumbiya bilan chegarani kesib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
El Nacional nashriga ko‘ra, ularning aksariyati jinoyatchilik va zo‘ravonlik avj olgani, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari tanqisligi tufayli vatanini tark etishga qaror qilgan.
“Men hammasini o‘g‘lim va turmush o‘rtog‘imga qoldirdim. Mashinamni sotdim, bizning pulga hech narsa olib bo‘lmaydi”, — deydi yaxshi hayot umidida Venesuelani tark etganlardan biri.
Izoh (0)