Rossiya veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati (“Rosselxoznadzor”) Chelyabinsk boshqarmasi xodimlari O‘zbekistondan keltirilgan 3 tonna o‘rik va 17 tonna gilos viloyatga kiritilishini man etdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Mahsulotlar qaytarilishiga haqiqiy bo‘lmagan fitosanitar sertifikatlar sabab bo‘ldi: ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlar amaldagisiga to‘g‘ri kelmadi.
Yuk “Rosselxoznadzor” inspektorlari nazorati ostida ortiga qaytarildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Rosselxoznadzor” Novosibirsk bo‘limi O‘zbekistondan borgan 19 tonna pomidorni qabul qilmagani bildirilgandi.
Izoh (0)