Rossiyaning Irkutsk viloyati gubernatori Sergey Levchenko FVVga tegishli Il-76 samolyotining qulashi munosabati bilan 4-iyulni motam kuni deb e’lon qildi. Samolyot o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun jalb etilgan edi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Irkutsk viloyatida 4-iyul, dushanba kunini motam kuni deb e’lon qilish haqidagi farmoyishni imzoladim”, — ma’lum qildi Levchenko jurnalistlarga.
U yo‘qolgan Il-76 ning parchalari topilgani va qurbonlar bor ekanligi aniq bo‘lganidan so‘ng mazkur qarorni qabul qilganligiga aniqlik kiritdi.
Izoh (0)