2-iyul, shanba kuni Parijdagi klinikalardan birida Fransiyaning sobiq bosh vaziri Mishel Rokar 85 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Rokar Fransiya hukumatini 1988–1991-yillarda, Fransua Mitteran prezidentligi davrida boshqardi. Mazkur lavozimga u sotsialistlarning prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng tayinlangandi. Rokarning bosh vazirlik faoliyati davomida mamlakat Yevropaga integratsiyalashuv borasida dadil qadamlar tashlagani ta’kidlanadi.
Izoh (0)