Qutqaruvchilar Guychjou provinsiyasidagi (Xitoy) qishloqda 1-iyul, juma kuni sodir bo‘lgan ko‘chkining yana uch nafar qurboni jasadini topdi. Shu tariqa, mazkur ofatda halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetdi, deb xabar beradi “TASS”.
Oldinroq qo‘chki tufayli 11 kishi o‘lgani bildirilgandi.
Ko‘chki provinsiya g‘arbidagi Bitsze shahar okrugi, Dafan uyezdida ro‘y berdi. Buni Guychjouga keyingi kunlarda yopirilgan kuchli jala keltirib chiqargani bildirilmoqda.
Vayronalar ostida qolib ketgan 30 kishidan yetti nafari qutqarildi. Ko‘chki sodir bo‘lgan joyga 800 nafarga yaqin qutqaruvchi va harbiy xizmatchi jalb etilgan.
Izoh (0)