Polshaning sobiq prezidenti Lex Valensa Rossiya Su-24 bombardimonchilari yaqinidan uchib o‘tgan AQShning “Donald Kuk” eskadrilya mina tashuvchisi kapitani o‘rnida bo‘lganida o‘zini qanday tutgan bo‘lishi haqida hikoya qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Agar shu kema kapitani bo‘lganimda va ruslar yonimdan uchib o‘tganida, ularni urib tushirgan bo‘lardim. Yo‘q, o‘ldirmasdim. Qanotlariga o‘q uzgan bo‘lardim. ‘Buning oqibatidagi mojaro’ deysizmi? Qanday mojaro? Hech kim, jumladan, ruslar ham buni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Mojaro juda qimmatga tushadi”, — ta’kidladi Valensa.
Sobiq prezidentning fikricha, Rossiya “qo‘rqitish va shantaj” hisobiga g‘alabaga erishishni istaydi.
Izoh (0)