ICE Futures Europe birjasida Brent turidagi neftning bir barreli narxi 47 dollarga yetdi, deya xabar beradi “RBK”.
Brent 27-aprel, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 14:47 da shunday narxga chiqqan, keyin esa yana pastlagan. Hozirda esa 46,75 dollar atrofida baholanmoqda.
WTI turidagi neftning narxi ham ko‘tarilib, bir barreli 45,02 dollargacha chiqdi (ayni paytda 44,91 dollardan sotilmoqda). WTI bugungi savdolar chog‘ida 2015-yil noyabridan beri birinchi bor 45 dollardan oshiq baholandi.
Izoh (0)