AQShning Kaliforniya shtati poytaxti Sakramentoda og‘riq qoldiruvchi dorilar dozasini oshirib yuborganligi tufayli 12 kishi nobud bo‘ldi. Bu haqda 27-aprel, chorshanba kuni ABC telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Sakramentoda kamida 12 kishi Norco og‘riq qoldiruvchisiga o‘xshash tayyorlangan dorilarni o‘limga olib keluvchi dozalarda qabul qilgan, mart oyi oxiridan beri esa 52 ta zaharlanish holati qayd etilgan. Qalbaki dorilar San-Fransisko bo‘g‘ozi hududida ham aniqlangan. Mahalliy klinikalarga ularni qo‘llagandan so‘ng nafas olish qiyinlashishi, ko‘ngil aynishidan shikoyat qilgan yetti kishi murojaat etgan. Dorilarda kuchli opiyli analgetik — fentanil aniqlangan”, — deya xabar bergan telekanal.
Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi maxsus agenti Keysi Rettigning bildirishicha, fentanil Xitoyda ishlab chiqarilib, Meksikaga yuboriladi va bu yerdan chegara orqali AQShga o‘tkaziladi. Narkosavdogarlar esa uni geroin bilan aralashtirib, narkotik ko‘rinishida sotadi.
Izoh (0)