AQSh milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snoudenning yuristlari Oslo sudi orqali ushbu mamlakatga safari chog‘ida Norvegiya uni Amerikaga topshirmasligi kafolatini olishga harakat qilmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Petitsiya Snouden va mukofot taqdim etish uchun uni mamlakatga taklif etgan Norvegiya PEN-klubi tomonidan berilgan. Yuristlar sudda Snouden mazkur safar davomida AQShga ekstraditsiya qilinmasligi haqida qaror chiqartirish niyatida.
Izoh (0)