BMT hafta davomida Suriyaning qamaldagi va borish qiyin bo‘lgan shaharlaridagi salkam 110 ming kishiga gumanitar yordam yetkazdi. Bu haqda tashkilotning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri Suriyaga 54 ta gumanitar konvoy jo‘natildi va 560 675 kishiga yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, o‘tgan 7 kun mobaynida BMT qamalda qolgan Dayr az-Zor shahriga qo‘shimcha 5 ta gumanitar yordam tashlashga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)