Rosiyaliklar 2008-yildan beri birinchi marta oziq-ovqat uchun daromadining 50 foizidan ortig‘ini sarflamoqda. Buni Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi ijtimoiy tahlil va prognoz qilish instituti fevral oyi monitoringi yakunlari ko‘rsatmoqda, deya xabar beradi Meduza.
Xarajatlardagi oziq-ovqat, ichimlik va tamaki mahsulotlari ulushi 50,1 foizni tashkil etib, nooziq-ovqat mahsulotlari ulushidan oshib ketgan.
Institut ekspertlarining ta’kidlashicha, nafaqat kam ta’minlanganlar, balki aholining o‘rta qismi ham iqtisod qilishga o‘tgan. 2016-yil mart oyida mahsulotlar va xizmatlarda iqtisod qilishga majbur bo‘layotgan rossiyaliklar soni 0,6 foizga oshib, 89 foizga yetgan.
Izoh (0)