Qirg‘izistonning O‘sh shahrida yashovchi Mayramxon Qodiraliyeva 17-aprel, yakshanbaga o‘tar kechasi bir o‘g‘il va ikki qizni dunyoga keltirdi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
O‘g‘il 2 kilogramm 560 gramm, qizlardan biri 2,5, ikkinchisi 2,3 kilogramm og‘irlikda tug‘ilgan. Chaqaloqlarning ahvoli qoniqarli ekanligi bildirilmoqda.
Ayolning aytishicha, bu uning yettinchi marta tug‘ishi. Bungacha u 6 o‘g‘ilni dunyoga keltirgan.
Izoh (0)