O‘pkani suyuqlik yordamida ventilyatsiyallash texnologiyasidan nafas yo‘li bo‘g‘ilganlarni qutqarishda foydalanish mumkin. Bu haqda Kanadaning Sherbruk universiteti mutaxassisi Filipp Misho ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Mazkur uslubdan nafas yo‘li bo‘g‘ilganlarni qutqarish, o‘pkani tozalash yoki tana haroratini tezda pasaytirishda foydalanish mumkinligini taxmin qilaman”, — deya ta’kidlagan Misho.
Rossiyaning Istiqbolli tadqiqotlar fondi ilmiy-texnik kengashi suvosti dengizchilarini “suyuqlik orqali nafas olish” uslubidan foydalangan holda qutqarish texnologiyasini yaratish loyihasini ma’qulladi. Mazkur loyiha ustida ish olib borish Mehnat tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga topshirildi.
Izoh (0)