AQShning Texas shtatida shiddatli yomg‘irlar keltirib chiqargan toshqinlar besh kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shtat rasmiylari toshqinlar hayot uchun xavfli favqulodda holatga olib kelganini ta’kidlab, aholini ofat hududida harakatlanishdan tiyilishga chaqirgan.
Texasda mingga yaqin uy suv ostida qolgan, 45 ming kishi elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan. Favqulodda xizmatlar evakuatsiya bilan bog‘liq 1,2 mingta operatsiyani o‘tkazgan.
Izoh (0)