Yevropadagi eng yirik port — Rotterdamda qirg‘oqqa bog‘lanishini kutayotgan yuk kemalari navbati yetti yil ichidagi eng kattasi bo‘ldi, deb yozadi “RBK”. Bozorda neft keragidan ortiq bo‘lib ketgani tufayli, 50 ta tanker limmo-lim to‘la rezervuarlarini bo‘shatish uchun kutib qoldi, bu me’yorida ikki barobar ortiq demakdir.
Treyderlar arzon neftni sotib olish va uni kelajakda balandroq narxda sotish uchun rezervuarlarga joylashtirish hisobidan, kontango (fyuchers shartnomalari narxini joriy darajadan ancha oshirish)dan foyda olishni afzal ko‘radi. Sohildagi omborxonalar to‘la boshlagach, treyderlar suzib yuruvchi rezervuarlarni to‘ldirishga kirishishi mumkin, bu 2008—2009-yillarda keng qo‘llanilgan taktikadir.
19-fevralga kelib, Rotterdam rezervuarlarida saqlanayotgan neft hajmi mavsum davomidagi eng yuqori ko‘rsatkich — 51,3 million barrelga yetdi.
Izoh (0)