Norvegiyada boshlanayotgan NATOning yirik ko‘lamdagi Cold Response (“Sovuq javob”) harbiy mashg‘ulotlarida AQShning Yevropaga yuborilgan uchta B-52 strategik bombardimonchilari yerdagi nishonlarga yadro zarbalari berishni mashq qiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
1-mart kuni bombardimonchilar Ispaniyaning “Moron” aviabazasidan mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan Norvegiyaning markaziy qismiga yo‘l olgan. Namsus shaharchasida ularning harakatini mashg‘ulotda ishtirok etayotgan davlatlar delegatsiyasi kuzatib boradi.
Air Force Times nashrining bildirishicha, B-52 samolyotlari qatnashuvi AQShning Rossiya tomonidan ehtimoliy tajovuzdan xavfsirayotgan NATOdagi ittifoqdoshlarini qo‘llab-quvvatlashiga qaratilgan. Cold Response 9-martgacha davom etadi.
Izoh (0)