Kosmik chiqindining WT1190F shifrli yirik bo‘lagi 13-noyabr, juma kuni Yerga kelib tushadi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Ishdan chiqqan raketaning bir bo‘lagi Shri-Lanka oroli hududiga qulaydi.
Ushbu bo‘lak 2013-yil fevralida aniqlangan, biroq “sun’iy yo‘ldosh” tezda ko‘zdan yo‘qolgan, olimlar esa u boshqa Yer atrofiga qaytmaydi, deb hisoblagan edi.
Shu yil oktabrida esa u yana Yerga yaqin hududda topildi. Olimlar eski suratlar va yangi kuzatuvlar yordamida kosmik chiqindi aynan qayerga kelib tushishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, raketa bo‘lagi 2015-yil 13-noyabrda Toshkent vaqti bilan taxminan 11:20 da Shri-Lanka oroli qirg‘oqlaridan 100 kilometr nariga qulaydi.
1—2 metrli bo‘lak atmosferada butunlay yonib ketishi mumkin, biroq u Hind okeani yuzasigacha uchib kelishi ham ehtimoldan xoli emas.
Izoh (0)