Indoneziyaning Sumatra oroli g‘arbiy qirg‘oqlarida joylashgan Padang shahridan 354 kilometr g‘arbda, Hind okeani havzasida 5,7 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda “Interfax” xabar bermoqda.
Epitsentdagi silkinishlar intensivligi jihatidan seysmofaollik “juda kuchli” deya baholanmoqda.
Avvalroq Afg‘onistonda 7,5 magnitudali zilzila yuz bergani, uning nafasi Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va boshqa bir qator mamlakatlarda sezilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)