Livan xavfsizlik kuchlari 26-oktabr, dushanba kuni Bayrut xalqaro aeroportida Saudiya shahzodasi Abdul Muhsin bin Valid bin Abdulazizni hibsga oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Al-Mayadin” telekanali xabariga ko‘ra, tekshiruv chog‘ida unda katta miqdordagi narkotiklardan iborat yuk borligi aniqlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy og‘irligi 2 tonnaga teng 40 ta o‘ram musodara qilingan, biroq narkotik modda nomi oshkor etilmayapti. Shahzoda Bayrutdan shaxsiy samolyoti bortida uchib ketmoqchi bo‘lgan.
Izoh (0)