Xitoyning Tyanszin shahridagi xavfli kimyoviy moddalar saqlanuvchi omborxonada 12-avgust kuni yuz bergan portlashlar natijasida qurbon bo‘lganlar soni 163 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xitoy markaziy televideniyesi axborotiga ko‘ra, hozircha 10 kishi bedarak yo‘qolgan, deb gumon qilinmoqda, 800 ga yaqin odam turli darajada tan jarohati olgan.
Portlashlar “Juyxay” logistika kompaniyasi omborxonalarida yuz bergan edi. Portlashning zarb to‘lqini 2 kilometr masofadagi uylarning derazalarini sindirib tashladi va mingdan ortiq avtomobillarga zarar yetkazdi.
Izoh (0)