Dog‘istonda imom otib ketildi
Dog‘istonda masjid imomi Magomed Xidirov otib ketildi. Bu haqda, Tergov qo‘mitasining mintaqaviy bo‘limiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Qotillik Xasavyurt tumanining Kurush qishlog‘ida yuz bergan. Imom 9-sentabr, chorshanba kuni tongda bomdod namoziga yo‘l olgan vaqtda, ikki noma’lum shaxs unga qarata o‘t ochgan.
Imom hodisa joyidayoq vafot etgan. Tergovchilarning fikricha, mazkur qotillik Xidirovning diniy faoliyati sabab amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar