Bolgariya 1-sentabrdan 24-sentabrga qadar Suriyaga gumanitar yuk yetkazishi lozim bo‘lgan Rossiya samolyotlarini o‘zining havo hududi orqali o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bolgariya tashqi ishlar vazirligi vakili buning sababini izohlar ekan, “samolyotlardagi yuk nima maqsad uchun mo‘ljallangani borasida shubha uyg‘onishi uchun yetarlicha ma’lumotga egamiz”, deya ta’kidlagan.