Microsoft korporatsiyasi Redmond shahridagi (AQSh, Vashington shtati) shtab-kvartirasini yangilash rejasini ko‘rib chiqmoqda. Loyiha xarajatlari bir necha milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, “3dnews.ru” xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Microsoft Dubaydagi “Burj Xalifa” minorasini loyihalashtirgani bilan tanilgan Skidmore, Owings & Merrill LLP arxitektura byurosini rekonstruksiya ishlariga jalb etadi. Korporatsiya shtab-kvartiradagi alohida kabinetlardan voz kechib, yaxlit ochiq hududni tashkil etish niyatida. Shuningdek, bu yerdan restoranlar, do‘konlar va boshqa shaharlardan kelgan xodimlar istiqomat qilishi uchun turar-joylar ham o‘rin oladi.