Yaponiyaning Iokosuka shahrida yashovchi 60 yoshli Kiiti Isikava SoftBank’ning mahalliy bo‘limlaridan birida ishlovchi Pepper (“Qalampir”) laqabli robotning pachog‘ini chiqardi. Unga dunyoda birinchi his-hayajonni payqay oladigan robotning hazili yoqmagan emish. Bu haqda The Japan Times ma’lum qildi, deya xabar beradi “Nur.kz”.
“Qalampir” shirakayf yaponiyalikka aynan nima degani noma’lum, ammo hazili unga qimmatga tushdi: 1,6 ming dollar turadigan robot tiklab bo‘lmaydigan holatga kelgan. Isikava politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
O‘ziga murojaat etgan insonni ovozi va yuz ifodasiga qarab, his-hayajonini aniqlay oladigan robot 2014-yil yozida ilk bor namoyish etilgan va oradan bir yil o‘tib, sotuvga chiqqandi.