“YuKOS” kompaniyasi sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyning familiyasi ro‘yxatga olingan brendga aylandi, deya xabar bermoqda Meduza.
Rossiya va dunyoning boshqa bor qator mamlakatlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza Britaniyaning Mixail Xodorkovskiy bilan aloqador MBK IP UK Limited kompaniyasi tomoniden berilgan.
Rossiyaning intellektual mulk bo‘yicha federal xizmati “XОДОРКОВСКИЙ va “KHODORKOVSKY” savdo belgilarini ro‘yxatga kiritgan.
Ayni paytda ushbu savdo belgilari Rossiya, Armaniston, Gruziya, Ukraina, Norvegiya, Shveysariya va boshqa ba’zi mamlakatlarda huquqiy jihatdan himoyalandi.