BRIKSga a’zo mamlakatlar (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR) 7-iyul, seshanba kuni Moskvada shartli valyuta zaxiralari uyushmasi haqidagi kelishuv doirasida ishtirokchi davlatlar bir-birini qo‘llab-quvvatlash shartlari bo‘yicha bitimni imzoladi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Uyushma valyuta zaxiralari 100 milliard dollar miqdorida belgilandi. Bunga Xitoy 41 milliard dollar, Braziliya, Hindiston va Rossiya 18 milliard dollardan, JAR esa 5 milliard dollar hissa qo‘shadi.
“Ushbu sug‘urta mexanizmining tashkil etilishi BRIKSga a’zo davlatlarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.
Izoh (0)