Qrim Oliy sudi banditlar guruhi tashkilotchisi Andrey Laptevni qat’iy rejimdagi axloq tuzatish koloniyasiga 15 yillik qamoqqa mahkum etdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Respublika prokuraturasi ma’lum qilishicha, u 42 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan, jumladan 29 ta qotillik va 11 ta suiqasdni amalga oshirgan.
Laptev 1998-yilda Qrim Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari Aleksandr Safonsev qotilligini tashkillashtirgan. Bundan tashqari, u guruh rahbari sifatida odamlarni o‘g‘irlash va qiynoqqa olish, tamagirlik, portlashlarni uyushtirgan.
Izoh (0)