Argentinada ikkita yengil samolyot havoda to‘qnashib ketdi, natijada uchuvchilardan biri hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mahalliy nashrlarga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa Buenos-Ayresdan 25 km uzoqlikdagi Berasategi aholi yashash punkti tevaragida sodir bo‘ldi. Samolyotlardan biri shosse yaqinida qo‘nishga erishdi. Ikkinchi uchuvchi apparat esa La-Plata daryosiga qulab tushdi. Uning uchuvchisi halok bo‘ldi.
Voqeaning sabablarini maxsus aviatsiya komissiyasi o‘rganadi.
Izoh (0)