Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat 2019-yilgacha Hindistonga 5 ming tonna uran yetkazib berishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Newskaz.ru”.
“2015—2019-yillarda Hindistonga besh ming tonna uran yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgani energetika sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotganidan dalolat”, — dedi Nazarboyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakuniga bag‘ishlangan anjumanda.
Tabiiy uran konsentratlarini yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnoma Qozog‘iston milliy atom kompaniyasi “Kazatomprom” va Hindiston atom energiyasi departamenti tomonidan imzolandi.
Narendra Modining Qozog‘istonga rasmiy safari 8-iyulgacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston bosh vaziri 6-iyul kuni Toshkentga tashrif buyurgan va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
Izoh (0)