Eronning “oltilik” (AQSh, Rossiya, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya) bilan kelishuvi 10-iyulga qadar uzaytirildi. Bu haqda AQSh delegatsiyasi vakiliga AFP agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant.ru”.
Eslatib o‘tamiz, 30-iyunda “oltilik” va Tehron Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni imzolashi kerak edi. Bu sanada barcha kelishmovchiliklarni bartaraf etishga ulgurilmadi va tomonlar salkam o‘n yildan beri davom etayotgan muzokaralarni 7-iyulgacha cho‘zishga qaror qildi. Kecha esa Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha vakili Federika Mogerini Eron va “oltilik” o‘rtasidagi muzokaralar yana bir necha kunga cho‘zilishi mumkinligi to‘g‘risida bayon qildi.
Izoh (0)