Oq uyning sobiq matbuot kotibi Robert Gibbs bundan buyon McDonald’s kompaniyasida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi raisi lavozimida ishlaydi, deb xabar beradi “Segodnya”.
“Gibbs jamoatchilik va hukumat idoralari bilan aloqa bo‘limida ishlaydi. U kompaniyamizning imidjini yaxshilashga yordam beradi”, — dedi McDonald’s bosh direktori Stiven Isterbruk.
Robert Gibbs AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama bilan 2004-yildan beri birga ishlardi. 2009-yildan 2011-yilgacha u Oq uyning matbuot kotibi lavozimida faoliyat olib borgan.
Izoh (0)