Koreya Respublikasi hukumati Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) koronavirusi tarqalishidan zarar ko‘rayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarga 400 milliard von (357 million dollar) ajratadi, deya xabar bermoqda “TASS” rejalashtirish va moliya vaziri Choy Gyon Xvanga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat virus kichik biznesga qanday ko‘lamda zarar yetkazganini hisoblab chiqmoqda. Jarayon 12-iyungacha yakunlanadi, shundan so‘ng eng ko‘p jabr ko‘rgan korxonalar — kichik chakana do‘konlar, xususiy klinikalar, sayyohlik firmalari va infeksiya tufayli mijozsiz qolgan boshqa kompaniyalarga mablag‘ ajratish boshlanadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, iyunning birinchi haftasida mamlakatdagi yirik supermarketlarda savdo hajmi 16,5 foizga, kichik do‘konlarda 25 foizga tushib ketdi.
Choy Gyon Xvan, shuningdek hukumat kasallar bilan aloqada bo‘lib, endilikda uy karantinida bo‘lgan kishilarga shoshilinch moliyaviy yordam ko‘rsatishini ham ma’lum qildi.
Izoh (0)