Misr maxsus xizmati AQShning Qohiradagi elchixonasi xodimini terrorchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib, hibsga oldi. Bu haqda Daily News Egypt xabar qilmoqda.
42 yoshli Misr fuqarosi Ahmad Ali 7-iyun, yakshanba kuni terrorchilik guruhi ishtirokchisi degan ayb bilan qo‘lga olingan.
Hibsga olingan shaxs elchixonaning qo‘riqlash xizmatida ishlagani ma’lum. Elchixona vakili sud ishi bo‘yicha Misr hukumati bilan doimiy aloqada bo‘lib turganini ma’lum qildi.
Hukumat Alini “Xeluan brigadasi” guruhiga yetakchilik qilishda va 13 ta hujum uyushtirishda ayblamoqda.
Izoh (0)