Turkiya bosh vaziri Ahmed Davuto‘g‘li 9-iyun kuni prezident Toyyib Erdo‘g‘onga 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari munosabati bilan hukumat iste’fosi to‘g‘risida arznoma berdi, deb yozadi “TASS”.
Yangi mahkama ish boshlashi oldidan texnik zarurat hisoblangan iste’foni prezident qabul qildi.
“Prezident hukumatga bugungi kungacha olib borgan ishi uchun minnatdorlik bildirdi. Amaldagi vazirlar mahkamasi yangi hukumat shakllantirilgunicha ishini davom ettiradi”, — deyiladi davlat rahbari kanselyariyasi xabarida.
Parlamentning yangi a’zolari qasamyodi 25-iyunga rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya bosh vaziri Ahmed Davuto‘g‘lining Adolat va taraqqiyot partiyasi, parlament saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, hukmron partiya maqomidan ayrildi. Partiya foizlar bo‘yicha yetakchilar qatoriga chiqdi, biroq hukumatni yolg‘iz shakllantirish uchun parlamentda yetarli miqdorda o‘ringa ega bo‘la olmadi. 99 foiz byulletenlar ko‘rib chiqilgach, ATP ovozlarning 40,94 foizi yoki 550 o‘rinli majlisda 259 ta o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)