“Lugansk xalq respublikasi” vakili Vladislav Deynego ayirmachilar tomonidan ishlab chiqilgan, Ukraina konstitutsiyasiga kiritiladigan tuzatishlar loyihasida Qrim Ukrainaning bir qismi sifatida keltirilishi sababini tushuntirib berdi, deb yozadi Meduza.
Deynego so‘zlariga ko‘ra, DXR va LXR Minsk kelishuvlariga muvofiq ravishda Donbassning alohida tumanlari maqomi haqida taklif tayyorladi va Qrim masalasiga umuman tegmadi, chunki u ularning huquqi doirasiga kirmaydi.
Ukraina konstitutsiyasining 122-moddasida “Ukraina ma’muriy-hududiy tuzilishi tizimini Qrim Avtonom Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shahar tumanlari, qishloqlar tashkil qiladi”, — deyiladi.
Ushbu moddaning ayirmachilar tomonidan taklif etilgan versiyasi esa quyidagicha: “Ukraina ma’muriy-hududiy tuzilishi tizimini Qrim Avtonom Respublikasi, Donetsk va Lugansk viloyatlarining maxsus maqomga ega alohida tumanlari, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shahar tumanlari, qishloqlar tashkil qiladi”.
Izoh (0)