Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe keyingi hafta AQShga qiladigan tashrifini qoldirdi, bunga Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) koronavirusi bilan kasallanish avj olgani sabab bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
10-iyun, chorshanba kuni yana 13 kishi virusni yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi, shu tariqa Janubiy Koreyada kasallanganlarning umumiy soni 108 kishiga yetdi, qurbon bo‘lganlar — 9 kishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytgacha qayd etilgan kasallikni yuqtirib olish holatlari shifoxonalarda ilk kasallanganlarni izolyatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar o‘z vaqtida ko‘rilmagani sababli sodir bo‘lgan.
Izoh (0)