Ispaniyaning muxtor hududi Andalusiya poytaxti Sevilyadagi San-Pablo aeroportida A400M harbiy yuk samolyoti qulashi natijasida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RBK” Andalusiya hukumati vakiliga tayanib.
Uning aniqlik kiritishicha, samolyot bortida olti kishi bo‘lgan.
Harbiy yuk samolyoti 9-may, shanba kuni San-Pablo aeroportidan uchib chiqqanidan halokatga uchradi. Samolyot Airbus Military zavodida yasalgan va sinovlardan o‘tayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)