AQSHning Florida shtatida noma’lum shaxs bevosita ko‘chada odamlarga qarata o‘t ochdi, natijada ikki ayol halok bo‘ldi va bir erkak yaralandi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.
Hodisa 23 aprel, payshanba kuni Jeksonvill shahrida yuz bergan. To‘pponchadan otilgan o‘qdan yaralangan erkak kasalxonaga yotqizilgan. Shiofokorlarning so‘zlariga ko‘ra, uning hayoti xavf ostida emas.
Tartib posbonlarining so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, otishma yo‘l yoqasida to‘xtab turgan avtomobildan turib amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda politsiyachilar huquqbuzarni qidirishmoqda. Halok bo‘lgan ayollar qotilning tanishlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)