Ukraina va NATOning Aloqa va axborotlashtirish agentligi 24 aprel, juma kuni texnik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, ushbu kelishuv Maslahatlashuvlar, qo‘mondonlik, boshqaruv va aloqa masalalari bo‘yicha Ukraina-NATO trast fondini tashkil etishga ko‘mak beradi.
Hujjat Ukraina parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinganidan so‘ng, u NATOning ushbu agentligi va Ukraina hukumati o‘rtasidagi texnik hamkorlikni rivojlantirishga ham imkon beradi.
S4 trast fondining aniq loyihalari NATO davlatlari va Ukraina hukumati o‘rtasidagi yaqin hamkorliklar davomida kelishib olinadi.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2015 yilga mo‘ljallangan Ukraina-NATO hamkorligi dasturini tasdiqlagani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)