Makedoniyada poyezd muhojirlar olomonini urib ketishi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Hodisa mamlakatning markaziy qismidagi Veles shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Somali va Afg‘onistondan kelgan muhojirlar guruhi tor dara bo‘ylab, bevosita temiryo‘l izidan piyoda ketayotgan bo‘lishgan, poyezd mashinisti esa tormozni bosishga ulgurmagan.
Ma’lumot uchun, Yugoslaviya tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlardan biri – Makedoniyadan noqonuniy muhojirlarni Yevropa Ittifoqiga olib kiruvchi eng katta yo‘nalishlardan biri o‘tgan. Mamlakat Albaniya, Serbiya, Gresiya, Bolgariya va mustaqilligi tan olinmagan Kosovo respublikasi bilan chegaradosh.
Albaniya-Makedoniya va Makedoniya-Serbiya chegaralari sust qo‘riqlangani sabab, muhojirlar Albaniya orqali Makedoniyaga kirib kelishadi, Makedoniyadan Serbiyaga o‘tib, u yerdan Yevropa Ittifoqiga a’zo Vengriyaga kirishga urinishadi.
Izoh (0)