Rossiyaning Yekaterinburg shahri fuqarosi 282 ta so‘zdan iborat “Ommaviy diktant” yozishda 273 ta xatoga yo‘l qo‘ydi, deya xabar bermoqda Interfax Ural davlat pedagogika universiteti prorektori yordamchisiga tayanib.
“U diktantni qizil siyohda yozgan-u, biz uni ko‘k siyohda tekshirgandek manzara hosil bo‘ldi”, — dedi u va bunday vaziyatga birinchi marta duch kelishganini qo‘shib qo‘ydi. “Avvaliga uning millati rus emas, rus tili uning ona tilisi emasdir, deb o‘yladik, biroq tekshiruvlar o‘tkazib, u bilan suhbatlashib, uning rus kishisi ekanligini aniqladik”, — deya ta’kidladi prorektor yordamchisi.
“Ommaviy diktant” 2004-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Aholi savodxonligini yalpi tekshirish bo‘yicha aksiyada rossiyaliklar va boshqa davlatlarning rus tilida so‘zlashuvchi aholisi qatnashadi.
Izoh (0)