Pekin politsiyasi iPhone 6 partiyasini o‘g‘irlaganlikda gumon qilib, uch kishini qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda Mail.ru.
Jinoyat dekabr o‘rtalarida amalga oshirilgan. Sheriklar ikki kun davomida bir necha o‘n metr uzunlikdagi va bir yarim metr diametrli tunnel qazib, u orqali smartfonlar saqlanadigan omborxonaga o‘tgan va umumiy qiymati 1,4 million yuanga teng 260 ta iPhone’ni olib ketgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘rilardan biri omborxona tegishli bo‘lgan transport kompaniyasida ishlagan va bino rejasini bilgan.
Xitoyliklar o‘g‘irlangan smartfonlarni sotib, pulini qimmatbaho mashinalar, tilla taqinchoqlar va qimor o‘yinlariga sarflagan. Politsiya o‘g‘rilarni gadjetlar seriyali raqamlarini ta’qib qilish orqali topdi.
Izoh (0)