Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi o‘z logotipiga ba’zi o‘zgartirishlarni kiritdi, deya xabar bermoqda The Verge.
Logotipda mavjud bo‘lgan “LG” nomidagi G harfi o‘zining mashhur ilmog‘idan ayrilib, zamonaviyroq ko‘rinishga ega bo‘ldi. L harfi ham avvalgidan ko‘ra “ozg‘inroq” shaklga keltirildi. Har ikkala harfni aks ettirgan doiracha esa o‘zgarishsiz qoldi.
LG o‘z logotipidagi yangilanishlar haqida Koreyada dekabr oxirida ma’lum qilgan edi. Kompaniya vakili so‘zlariga ko‘ra, jamoatchilik nigohi ostidagi barcha belgilar o‘zgartiriladi, kompaniya xodimlari ham yangi biznes kartochkalar bilan ta’minlanadi.
Izoh (0)