Twitter mikrobloglar servisi yaqin orada o‘z videoxostingini ishga tushirmoqchi, deya xabar berdi “Korrespondent.net”. Yangi videoservis Twitter Video Player deb nomlanadi.
Videoxosting eng ommabop videoformatlarni “ko‘tara oladi”, shu bilan birga videolarning davomiyligi 10 daqiqadan oshmasligi zarur.
Twitter Video’da foydalanuvchilarning reklama joylashtirishiga va yuklangan videoni tahrirlashiga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)